Paxtani davlatga sotish amaliyoti rasman bekor qilindi

© AFP 2023 / NOAH SEELAMXlopok-sires
Xlopok-sires - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yildan boshlab paxta hosilini davlatga sotish amaliyoti bekor qilinadi va bug‘doy hosilini davlatga sotish majburiyati 25%ga kamaytiriladi. 

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Tarixiy hujjat imzolandi – 2020-yil hosilidan boshlab, O‘zbekiston paxta sanoatida davlat rejasidan voz kechadi. Bu haqida  O‘zbekiston prezildentining 3-mart kuni imzolangan 5953-sonli farmonida aytib o‘tilgan. 

Paxta narxlarini belgilan va paxta hosilini davlatga sotish amaliyoti bekor qilinadi. Shuningdek, bug‘doy hosilini davlatga sotish majburiyati 25%ga kamaytiriladi, - deyilgan prezident farmonida.

Shuningdek, prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi 5853 sonli farmoniga ko‘ra paxta sanoatida yana bir qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. 

Xususan, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi tashkil etiladi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 11-dekabrya provel soveshanie, posvashennoe rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnim zadacham v etom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston
Bosqichma-bosqich paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bekor qilish muhokama qilindi

Shuningdek,  paxta xom ashyosi yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi mexanizmi joriy etiladi. Xususan, paxta yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratiladi.

Undan tashqari, “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatiladi. Kooperatsiya tashkil etiladigan hududlarda paxta tozalash zavodlaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari aksiya (ulush) paketlarini belgilangan tartibda kooperatsiyalarga yoki tadbirkorlik subyektlariga sotiladi.

Va yana, Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilinishini hamda bozorlardagi narxlar o‘zgarishidan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritish amaliyoti joriy etiladi.

Shu bilan birga, qo‘lda terilgan 1 kg paxta xom ashyosini terish haqining tavsiyaviy miqdori oldindan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Paxta tolasi Respublika tovar-xomashyo birjasida boshlang‘ich birja narxida erkin sotiladi, bunda birjada boshlang‘ich narx shakllanishida 10 % chegirma qo‘yish bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 24-yanvar kuni  Shavkat Mirziyoyev Parlamentga qilgan murojaatida O‘zbekistonda davlatga paxta va bug‘doy sotish amaliyotini bekor qilish kerakligi haqida aytib o‘tgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0