17:46 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
253 0 0

Bojxona qoʻmitasi davlat chegarasidan oʻtuvchi shaxslar va yoʻlovchi tashuvchi transportlar harakatini cheklash boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan tushuntirish berdi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik.  Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan choralar tashqi savdo yuklari harakatiga taʼsir koʻrsatmaydi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlum qildi.

Joriy yilning 16 mart kunidan boshlab davlat chegarasi orqali oʻtuvchi va yoʻlovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qilingan edi.

Qoʻmita axborot xizmatiga koʻra, bu cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yoʻl, daryo transportlarida yuk tashish bilan shugʻullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.

Qolaversa, chegara oʻtkazish hududlarida mazkur tashuvlarni amalga oshirayotgan shaxslar va ularning transport vositalari avvaliga tegishli tartibda tekshiruvlardan oʻtkaziladi. Soʻng ularning respublika orqali harakatlanishiga ruxsat beriladi.  

Eslatib oʻtamiz, 15 mart kuni Oʻzbekistonda ilk koronavirus bilan bogʻliq holat qayd etildi. Yangi virus Frantsiyada boʻlib qaytgan fuqaroda aniqlangan. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, bemorning turmush oʻrtogʻi, oʻgʻli, qizi va nabirasida ham ushbu kasallik aniqlangan. Bundan tashqari 15 mart kuni Istanbul–Toshkent yoʻnalishidagi samolyot bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida ham ushbu infektsiya aniqlangan. Hozirda Hukumat infektsiyaning tarqalishini oldini olishga qaratilgan turli chora tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Asosiy mavzular