05:14 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
169 0 0

“Iqtisodiy erkinlik” indeksining 2020 yil uchun hisobotida Oʻzbekiston 57,2 ball bilan 114-oʻrinni egalladi

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. AQShning The Heritage Foundation tadqiqot markazi 2020 yil uchun erkin iqtisodiyotga ega davlatlar reytingini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekiston 57,2 ball bilan 114-oʻrinni egalladi (2019 yilda 53,3 ball bilan 140-oʻrin). Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, mazkur indeks xorijiy investorlar tomonidan doimiy ravishda kuzatilib boriladi va respublikaning indeksdagi oʻrni yuqorilashi tadbirkorlik muhitiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarning oqimini oshishiga xizmat qiladi.

“Iqtisodiy erkinlik” indeksi toʻrtta asosiy yoʻnalish boʻyicha 12ta tarkibiy koʻrsatkichdan tashkil topgan boʻlib, mulkchilik huquqi, sud faoliyati samaradorligi, davlatning yaxlitligi, soliq yuki, davlat xarajatlari, fiskal salomatlik, biznes erkinligi, mehnat bozori erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiyalar erkinligi va moliyaviy erkinlik kabi sohalarda jahon mamlakatlarini 0 dan (eng past) 100 gacha (eng yuqori) boʻlgan shkalada baholaydi.

Mamlakat mazkur indeksning quyidagi tarkibiy koʻrsatkichlarida eng yuqori oʻsishga erishdi:

investitsiyalar erkinligi – 20,0 ball (+10 ball);

moliyaviy erkinlik – 20,0 ball (+10 ball);

mulkchilik huquqi – 59,1 ball (+9.3 ball).

“Iqtisodiy erkinlik” indeksining tarkibiy koʻrsatkichlari boʻyicha respublikaning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Shuningdek, Oʻzbekiston oʻtgan yilga nisbatan 26 pogʻonaga yuqorilab, MDHga aʼzo mamlakatlar orasida eng jadal oʻsishni qayd etdi.

Asosiy mavzular