05:02 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)
41010

Prezidentning yangi eʼlon qilingan farmonida koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar, bundan tashqari, maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari uchun qulay sharoitlar yaratildi.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar oylik maoshiga har kunlik qoʻshimcha 6 % miqdorda toʻlovlar toʻlanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Joriy yilning 20 mart kuni prezidentning  “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.

Farmonga koʻra, koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar qoʻshib boriladi.

Bundan tashqari oʻz faoliyatini toʻxtatgan davlat taʼlim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlari esa oʻz vaqtida toʻlab beriladi.

Bogʻchalar va maktablar faoliyati toʻxtatilgan davrda bogʻcha tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga yillik taʼtil taqdim etiladi.

Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa, homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlashlariga imkoniyat yaratishlari mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1084)

Asosiy mavzular