18:19 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
216 0 0

Shuningdek, mazkur savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan xalqaro logistika xizmatlari koʻrsatiladi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida savdo-logistika terminali tashkil etiladi. Hukumatning tegishli qarori 19 mart kuni qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, savdo-logistika terminalini qurish uchun “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasiga Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Farovon” MFY hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida 2020-2024 yillarda – 25 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritiladi, kamida 200 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi.

Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzdavkarantin” inspektsiyasi boʻlimlari terminal hududida bepul joylashtiriladi.

Savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidimologiya, ekologik nazorat oʻtkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatiladi.

Asosiy mavzular