13:23 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
46710

Kuni kecha "Taxiatosh IES"da dastlabki bugʻ-gaz qurilmasining ishga tushirish  jarayoni amalga oshirilgan.  

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. "Taxiatosh" IESda ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda, deb xabar qiladi "Issiqlik elektr stantsiyalari" AJ matbuot xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qoplash maqsadida bugun 3 aprel kuni “Taxiatosh IES”da 280 MVt quvvatdagi dastlabki bugʻ-gaz qurilmasining ishga tushurish  jarayoni amalga oshirildi.  

"Ushbu yirik investitsion loyiha mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Taxiyatosh IESda  230-280 MVt quvvatga ega ikkita gaz-bugʻ qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bajarilmoqda", - deyiladi vazirlik xabarida.

Loyiha zamonaviy ilgʻor texnologiyalar asosida Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsortsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular