O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy hamkorlikning yangi dasturini tayyorlamoqda

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi Rossii i Uzbekistana
Gosudarstvennie flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya koronavirus pandemiyasi sharoitida investitsion va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash mexanizmlarini muhokama qildi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hukumati may oyida koronavirus pandemiyasi ta’sirini inobotga olgan holda iqtisodiy hamkorlikning yangi dasturini tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qilmoqda.

6 aprel kuni bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama investitsion va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida ikkala mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro munosabatlari bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya chegarasining yopilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin - ekspertlar fikri

“Bir oylik muddatda aniq o‘zaro manfaatli loyihalar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi iqtisodiy hamkorlikning yangi dasturini shakllantirish vazifasi qo‘yildi”, - deyilgan xabarda.

Har ikki mamlakat hududlari orqali to‘siqlarsiz yuk tashishni ta’minlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilishini nazarda tutgan holda, ikki mamlakat hukumatlarining o‘zaro savdo aloqalarini barqarorlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirish tarafdori ekanliklari ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hozirgi iqtisodiy vaziyatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishga imkon beradigan tarif va notarif tartibga solish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha doimiy ishlovchi o‘zaro munosabatlar mexanizmini - O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi rahbariyatining chambarchas aloqalari orqali sanoat kooperatsiyasi va savdo kelishuvlarining birgalikdagi tashabbuslarini yaratishga kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0