13:22 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
14910

2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi) bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. “Hududlarda koʻp qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi:

  • 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari (27 turdagi);
  • 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda koʻp qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari.

Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar 2020 yil 1 iyuldan 2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda import qilinadigan qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini (qoʻshimcha qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga ega boʻladi.

Asosiy mavzular