O‘zbekiston Havo yo‘llari xorijiy boshqaruvga berilishi mumkin 

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTurbina samoleta uzbekskix avialiniy
Turbina samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yengib o‘tish uchun O‘zbekiston Havo yo‘llari hamda Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlari boshqaruvida o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

TOShKENT, 26-may - Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari xorijiy boshqaruvga berilishi mumkin. Bu haqida 25-may kuni prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, koronavirus pandemiyasi oqibatida joriy etilgan karantin choralari tufayli O‘zbekistonda eng katta zarar ko‘rgan kompaniyalar bu - “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” bo‘lgan. 

Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan Airways Xitoyga reyslarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi

Shu sababli ushbu kompaniyalarning 122 million dollar kreditlari to‘lov muddatlari uzaytirilgan, 60 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 50 million dollar miqdorida foizsiz ssudalar ajratilgan.

Kompaniyalarni pandemiya ta’siridan olib chiqish maqsadida Evropa-Xitoy yo‘nalishida yuk tashish bozoriga kirish, joriy va investitsiyaviy xarajatlarni optimallashtirish hamda xorijiy boshqaruvga berish masalalari ham muhokama qilindi. 

Xususan, "raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, “Uzbekistan Airways”ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqildi", - deyilgan xabarda. 

Undan tashqari aeroportlarni modernizatsiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.

Majlisning to‘liq bayonoti bilan quyida tanishishingiz mumkin.

  

 

 

Yangiliklar lentasi
0