06:42 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
32520

OGMK 2 yil ichida mis rudasi qoldiqlaridan palladiy ishlab chiqarishning innovatsion uslubini yoʻlga qoʻydi.

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ilk bor yuqori tozalikdagi 99,00% sof palladiy kukunini olishga erishildi.

Tozalangan sof palladiy kukuni ajratib olish uchun 24 soat vaqt 17 ta jarayonni bosib oʻtish kerak boʻladi. Oldin ushbu jarayon uchun 3 baravar koʻp vaqt 50dan ziyod operatsiya talab qilinar edi, deyilgan xabarda. 

Kombinatda soʻngii 2 yil ichida ishlab chiqilgan yangi uslubga koʻra, qimmatbaho metall mis ishlab chiqarish chiqindi shlam mahsulotlarining qayta ishlangan elektrolit eritmalaridan ajratib olinadi. Past kontsentratsiyali elektrolit eritmalaridan metallning 80 %gacha  ajratib olish OGMKning katta yutugʻidir. 

Jahon bozorida palladiy platinadan 7%ga qimmat turadi. Ushbu nodir metalldan asosan tibbiyot(stomatologiya), elektronika, mashinasozlik va kimyoviy ishlab chiqarish tarmoqlarida keng foydalaniladi.

Palladiy dunyoning atigi bir necha mamlakatda ishlab chiqariladi. Ushbu sanoatining 40 % - JAR, Rossiya, Shimoliy Amerika va Zimbabveda joylashgan. Palladiyning asosiy xaridorlari esa - Yaponiya, Xitoy, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlaridir. 

Asosiy mavzular