21:32 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
234 0 0

Oʻzbekistonda tsement narxi oshishiga qurilish mavsumining boshlanishi, import kamayishi va birjada tsement xaridorlari soni oshishi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda yanvar oyida 1 tonna tsement 500 mingdan sotilgan boʻlsa, Iyun oyiga kelib tsement narxi 800 ming soʻmga yaqinlashdi. Bu yanvar oyiga nisbatan sezilarli darajada qimmat. "Oʻzsoanoatqurilishmateriallari"  tsement narxi oshishiga rasman izoh berdi. 

Uyushma xabarida aytilishiga koʻra, tsement narxi oshishiga bir necha obʼyektiv sabablar bor:

  • birinchi navbatda, qurilish mavsumining boshlanishi, karantin choralarining yumshatilishi natijasida qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi; 
  • ikkinchidan, respublika tsement sotuvchi korxonalari tomonidan birja savdosiga qoʻyilayotgan tsement miqdorining 25%ga kamayishi; 
  • uchinchidan, Oʻzbekistonga import qilinayotgan tsement hajmining oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3 baravar kamayishi; 
  • toʻrtinchidan, birjada tsement xarid qilishni istaydigan korxonalar soni 2 baravarga oshishi. Xususan, yanvar oyida birja savdolarida bir kunda oʻrtacha 326 ta korxona ishtirok etgan boʻlsa, iyun oyiga kelib ularning soni 692 tani tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan davr mobaynida birja savdosiga jami 4 075,0 ming tonna tsement qoʻyilgan boʻlib, ulardan 4 044,0 ming tonnasi, yaʼni 99,3 foizi sotildi. Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan 28 ta tsement ishlab chiqaruvchi korxonalaridan 16 tasi oʻz mahsulotlarini birja savdolari orqali realizatsiya qilgan.

Asosiy mavzular