Ayrim monopoliyalarga berilgan eksklyuziv huquq va imtiyozlarni bekor qilish taklif qilindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qator tashkilotlar, jumladan, “O‘zmetkombinat” “O‘zavtorsvetmet”ni eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, preferensiyalardan mahrum qilishni rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, individual soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, “O‘zmetkombinat” AJning qora metallarni, “O‘zavtorsvetmet” AJning rangli metallarni, “Davlat belgisi” DUKning turli xil qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishidagi monopol holati va eksklyuziv huquqlarini, “O‘zstandart” Agentligiga tegishli o‘lchov vositalarini tekshirish va shtrix-kodlarni berish bo‘yicha korxonalari kabi monopoliyalarni bekor qilish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekistonda monopoliyaga barham berish payti kelganini aytdi

Bundan tashqari muayan sohalarda loyihalash ishlari uchun individual dizayn institutlari, alohida davlat idoralariga xizmat ko‘rsatadigan individual sug‘urta kompaniyalari monopol holatini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, biznes uchun teng bo‘lmagan shart-sharoitlarni, xususan, “O‘zbekipaksanoat”, “O‘zog‘moysanoat”, “O‘zeltexsanoat”, “Parrandasanoat”, “O‘zbekistonasalarichilari”, kartoshka ishlab chiqaruvchilar, “O‘zcharmsanoat” kabi turli birlashmalar a’zolariga, “Xalq bank”, “Mikrokreditbank”, “Agroeksportbank” tijorat banklari, individual paxta va to‘qimachilik klasterlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarini bekor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Qonun loyihasi 16-iyulga qadar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0