12:19 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
190 0 0

Kredit "Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish" loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga ajratiladi

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Jahon banki Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratadi.

Mablagʻ tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

Kredit "Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infektsiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish" loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.

Sal oldin Janubiy Koreya hukumati Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam koʻrsatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular