22:46 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
304 0 0

Iyun oyida 7557 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu 2020 yilning boshqa oylariga qaraganda eng yuqori koʻrsatkich.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda iyun oyida eng koʻp “Cobalt” avtomobil modeli ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, iyun oyida 7557 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan boʻlib, 2020 yilning boshqa oylariga qaraganda eng yuqori koʻrsatkich.

Oʻzbekistonda 6 oyda jami 37 682 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foizga koʻproq.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 35 050 dona “Nexia T-250” (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 %), 37 682 dona “Cobalt” (154,2 %), 26 047 dona “Lacetti-Gentra” (133,0 %), 26 687 dona “Damas” (115,8 %), 14 511 dona “Spark” (160,4 %) hamda 3 478 dona “Labo“ (90,7 %) avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Asosiy mavzular