03:33 06 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
80 0 0

2020-2023 yillarda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida nimstantsiya va 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlari quriladi.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-2023 yillarda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstantsiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilandi.

Loyiha doirasida quvvati 1 400 MVA boʻlgan 500/200/10 kV kuchlanishli, yillik elektr energiyasini taqsimlovchi zamonaviy energiya tejamkor nimstantsiya qurilishi, umumiy uzunligi 410 km elektr uzatish tarmoqlari qurilishi koʻzda tutilmoqda.

Qarorga koʻra, loyihani amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlari jalb etilishi hamda loyiha doirasida xalqaro tender savdolari oʻtkazilishi belgilandi.

Asosiy mavzular