21:50 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
177 0 0

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga barqarorligini oshirish uchun 100 million dollar miqdorda qarz mablagʻlarini ajratishni maʼqulladi.

TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga, jumladan, koronavirus pandemiyasiga barqarorligini oshirish uchun 100 million dollar miqdorda qarz mablagʻlarini ajratishni maʼqulladi. Bu haqda bank saytida maʼlum qilindi.

Loyiha doirasida COVID-19 ga test olish, tashxis qoʻyish tizimini yaxshilash rejalashtirilmoqda. 

“Mamlakat sogʻliqni saqlash tizimi sifati, xavfsizlik standarti, protokollari va  xizmatini yaxshilab, bu loyiha Oʻzbekiston aholisini COVID-19dan himoya qilish va salomatligini kelajakdagi tahdidlardan asrashga yordam beradi”, - dedi OTB vitse-prezidenti Shisin Chen.

Taʼkidlanishicha, loyiha mamlakatga taqdim etiladigan OTBning keng qamrovli qoʻllab-quvvatlash paketining bir qismidir. Shuningdek, u inqirozga qarshi hukumat choralarini va joriy texnik yordamni moliyalashtirish uchun 500 million dollarlik kredit ham oʻz ichiga oladi.

Bundan tashqari, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (OIIB) ushbu loyiha uchun 100 mln dollar miqdorida kredit ajratish ustida ish olib bormoqda.

Loyihani amalga oshirish sogʻliqni saqlash xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash va ularni shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash uchun mamlakat boʻylab 38 laboratoriyalarini taʼmirlashni nazarda tutadi.

Loyihani amalga oshirish darhol boshlanadi va 2022 yilning iyul oyiga qadar yakunlanishi kerak. Ijro etuvchi organlar Sogʻliqni saqlash vazirligi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hisoblanadi.

Asosiy mavzular