22:34 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
185 0 0

Ushbu yilning birinchi yarmida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan aholi tomonidan valyuta sotish 50%ga sotib olish esa 3 baravarga oshgan.

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yilning birinchi yarim yilligida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari hajmi keskin oshdi. Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Xabarda aytilishiga koʻra, 2020 yilning yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 % yoki 842 mln. dollarga oshdi. 

Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 mlrd. dollarga teng boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - $686 mln.)

Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan grafikdan maʼlum boʻlishicha, valyuta operatsiyalari hajmi keskin kamayishi faqat aprel oyida kuzatilgan. Bu oʻsha vaqtda amal qilgan keskin karantin choralari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 

Valyutnыe operatsii chastnыx lits

Asosiy mavzular