16:01 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
56 0 0

Korxona oʻz faoliyatini bundan 10 yil oldin boshlagan va ushbu davr mobaynida 30 dan ortiq mamlakatga 300 million dollarlik kaliy oʻgʻitini eksport qilgan.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Dehqonobod kaliy zavodi 2018—2020 yillarda atrof-muhitga keltirgan zarari uchun 855 million soʻm kompensatsiya toʻlaydi, deb xabar qilmoqda Dehqonobod tuman hokimligi matbuot xizmati tuman ekologiya inspektsiyasi boshligʻi Oʻktam Joʻlliyevga asosan.

Ushbu yilning 19—25-iyun kunlari oʻtkazilgan tekshiruvda zavod 2018-yilda 10 million 107 ming soʻm, 2019-yilda 6 million 962 ming soʻm, 2020-yilning oʻtgan davri uchun esa 2 million 698 ming soʻm kompensatsiya toʻlagani aniqlangan va qoʻshimcha kompensatsiya toʻlash majburiyati yuklangan. 

“Endilikda jamiyat shu toʻlovlarga qoʻshimcha yana 855 million 500 ming soʻm kompensatsiya toʻlaydi”, — deydi Joʻlliyev.

Qoʻshimcha kompensatsiya qanday paydo boʻlgani haqida xabarda izoh berilmagan. 

Maʼlum qilinishicha, Dehqonobod kaly zavodi 2010-yil avgust oyida faoliyatini boshlagan. korxonaga oʻtgan davr mobaynida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy oʻgʻitini eksport qilgan.

Asosiy mavzular