01:48 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
47231

Bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston bozorlarida Oʻzbekistonda yetishtirilgan uzum mahsuloti birinchi bor sotilmoqda.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston 7 oyda 21,5 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi, deb xabar qildi Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.

Joriy yilning 1 avgust holatiga koʻra, qiymati 18,9 million AQSH dollariga teng boʻlgan 21,5 ming  tonna uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 ming tonnaga koʻp.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, uzum mahsulotining eksporti boʻyicha Qozogʻiston 12,5 ming  tonna koʻrsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 6,2 ming tonna va  Qirgʻiz Respublikasiga 2,3 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.

Pandemiya sharoiti boʻlishiga qaramay 13 ta davlatga Oʻzbekiston uzumlarining eksporti amalga oshirilgan. Ayniqsa, bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston bozorlarida Oʻzbekistonda yetishtirilgan uzum mahsuloti birinchi bor sotilmoqda.

Eksport qilingan mazkur uzum mahsulotining eng koʻp ulushi Fargʻona (6,2 ming tonna), Toshkent (4,3 ming tonna), Namangan (3,1 ming tonna), Xorazm (2,1 ming tonna) va Qashqadaryo (1,7 ming tonna) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Asosiy mavzular