19:23 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
96 0 0

Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozogʻistonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.

TOSHKENT, 26 avg — Sputnik. Oʻzbekiston 47,7 ming tonna shaftoli mevasini 9 ta xorijiy davlatlarga eksport qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1 avgust holatiga qiymati 36,3 million dollarga teng boʻlgan 47,7 ming  tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga koʻp.

Eksport qilingan jami shaftolining 34, 9 foizi yaʼni, 16,7 ming tonnasi Fargʻona viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toshkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi oʻrinlarni egallagan.

Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozogʻistonga 20,6 ming tonna shaftoli mevasi eksport qilingan.

Asosiy mavzular