03:20 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
378 0 0

Umumiy qiymati 51,5 million dollar boʻlgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi oʻrnatilgan.

TOSHKENT, 30 avg — Sputnik. Poytaxtning Yashnobod tumanidagi Texnoparkda 29 avgust kuni ikkinchi istiqbolli loyiha – maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish zavodi foydalanishga topshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, korxonani ochdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdi. Umumiy qiymati 51,5 million AQSH dollari boʻlgan korxonada Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi oʻrnatilgan. Uskunalarni montaj qilish va loyihani ishga tushirishga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.

Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vыpusku xolodilnikov v Tashkente
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vыpusku xolodilnikov v Tashkente

Taʼkidlanishicha, ushbu zavodda ishlab chiqariladigan sovutgichlarning farqi shundaki, ular yuqori texnologik, yangi avlod mahsulotidir. Shunga yarasha ularning sifati yuqori, sigʻimi ham katta.

“Sobiq aviatsiya zavodi toʻxtab, qarovsiz qolib ketgan edi. Keyingi yillarda undan foydalanish boʻyicha koʻrgan choralarimiz asta-sekin oʻz natijasini berayapti. Bulardan maqsadimiz – odamlarni ishli qilib, oylik berish, raqobatbardosh mahsulot chiqarib, eksport qilish”, – dedi prezident.

Korxonada ishlab chiqarish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilgani natijasida har 19 sekundda bitta mahsulot tayyorlash mumkin. Yuqori qoʻshimcha qiymatga ega bu sovutgichlarning 30 foizini eksport qilish koʻzda tutilgan. Bu yerda 1500 ta ish oʻrni yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vыpusku xolodilnikov v Tashkente
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vыpusku xolodilnikov v Tashkente

Davlat rahbari jamoatchilik faollari bilan muloqotda sanoatni mahalliylashtirish masalalari haqida gapirdi. Xususan, 2016 yil yakunida 100 ming tonna atrofida mis ishlab chiqarilgan boʻlsa, bu yil oxirida 150 ming tonnaga yetkazilishi taʼkidlandi. Kelgusida 400 ming tonna reja qilingan.

Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vыpusku xolodilnikov v Tashkente
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Shavkat Mirziyoyev dal start unikalnomu zavodu po vыpusku xolodilnikov v Tashkente

Mazkur texnopark 2019 yil avgustda tashkil etilgan. Bu yerda 2020-2021 yillarda 15 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Barcha loyihalar bajarilgandan keyin jami ishlab chiqarish hajmi yiliga 800 million AQSH dollari boʻlishi moʻljallangan.

Asosiy mavzular