23:12 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
163 0 0

2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 4,8 foizga koʻtarildi.

TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil avgust yakuniga koʻra yillik davrda tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 11,7 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qoʻmitasi taqdim etgan hisobotda keltirilgan.

“2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 4,8 foizga koʻtarildi. Yillik davrda (2019 yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 11,7 foizni tashkil etdi”, - deyilgan hisobotda.

Oʻrtacha oylik isteʼmol narxlari indeksi oʻsishi hisoblash natijalariga koʻra, 2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida 0,6 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,0 foizni tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 8,2 foizga qimmatlashgan edi. Yillik darajada bu koʻrsatgich 16,5 foizga oshgan.

Asosiy mavzular