"O‘zbekoziqovqatxolding" tugatiladi - prezident qarori

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMejdunarodnaya vistavka produktov pitaniya "Prodekspo-2015"
Mejdunarodnaya vistavka produktov pitaniya Prodekspo-2015 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekoziqovqatxolding" tugatilib, uning o‘rniga Qishloq xo‘jalik vazirligida Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etiladi.

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tugatilib uning o‘rniga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibida boshqarma tashkil etildi. "Xalq so‘zi" nashri xabariga asosan

Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Prezident qaroriga asosan "O‘zbekoziqovqatxolding" o‘rniga Qishloq xo‘jalik vazirligida Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etiladi. Boshqarma 12 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekoziqovqatxolding” 2016-yilda tashkil etilgan edi. Bugungi kunda kompaniya tarkibiga 190 ga yaqin meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, oziq-ovqat, konserva, o‘simlik yog‘lari, margarin, shakar, mineral suvlar, ta’m va qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. 

 

Yangiliklar lentasi
0