05:24 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
123 0 0

15 sentyabrdan Ai-92 markali benzinning narxi 6000 soʻmdan 5500 soʻmga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5800 soʻmdan 5500 soʻmga arzonlashtirilmoqda.

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda Ai-92 markali benzin narxi arzonlashtirmoqda.

“15 sentyabr kunidan boshlab AYOQShlardagi import qilingan Ai-92 markali benzinning narxi 6000 soʻmdan 5500 soʻmga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5800 soʻmdan 5500 soʻmga arzonlashtirilmoqda”, - deyilgan“UNG Petro” kompaniyasi xabarida.

“UNG Petro” MCHJ direktori Mirzohid Musayevning soʻzlariga koʻra, bundan keyin ham korxona tomonidan neft mahsulotlarining isteʼmolchilarga sotish narxlarini bozor munosabatlariga toʻliq tayanib shakllantirib boriladi. Ularning tannarxi tushganda narxlar albatta arzonlashadi.

Asosiy mavzular