Milliy bank Rossiya banklararo axborot almashuv tizimiga qo‘shildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGoskorporatsiya VEB.RF i uzbeksko-rossiyskoe SP Kamaz Asia Leasing v ramkax biznes-missii goskorporatsii v Uzbekistan podpisali kreditniy dogovor po finansirovaniyu
Goskorporatsiya VEB.RF i uzbeksko-rossiyskoe SP Kamaz Asia Leasing v ramkax biznes-missii goskorporatsii v Uzbekistan podpisali kreditniy dogovor po finansirovaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy banki birinchi bo‘lib Rossiya SPFS moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha ma’lumot uzatish tizimiga (SWIFT - muqobili) qo‘shildi.

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O‘zbekiston Milliy banki Rossiya Banki banklararo moliyaviy xabar alamashish tizimiga (SPFS) qo‘shildi. Bugun Toshkentda ushbu haqidagi shartnoma Toshkentda imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

"VEB.RF va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki biznes-missiya tashrifi doirasida Rossiya bankining moliyaviy axborot almashuv tizimiga qo‘shilish haqidagi shartnomani imzoladi. Shartnoma Milliy bankning SPFSga qo‘shilganini tasdiqlaydi", - deyilgan xabarda.  

Shartnomani O‘zbekiston tomonidan Milliy bank boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov Rossiya tomonidan esa REB.RF markazi raisi Igor Shuvalovlar imzolashdi.

Vizit rossiyskoy delegatsii v Uzbekistan vo glave s Shuvalovim - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya rubl va so‘mning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdosini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi

Bugungi bitim - banklararo transaksiyalar hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy operatsiyalar ishonchliligini ta’minlash, banklararo operatsiyalarda transaksiya xarajatlarini kamaytirish, milliy valyutalardan foydalanish natijasida hisob-kitoblarni diversifikatsiya qilish maqsadida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Biz ShHT banklarining barchasiga Rossiya banki SPFSsiga qo‘shilishni taklif qilmoqdamiz", - dedi Shuvalov. 

"Milliy bank ushbu Tizimga O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib qo‘shilishida ramziy ma’no bor. BIz ShHT hududida ana shunday zamoanaviy va qulay texnologiyalar rivojlanayotganidan xursandmiz. VEB.RF bizning hamkorimiz biz ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan loyihalar bo‘yicha faol ishlamoqdamiz", - dedi Alisher Mirsoatov. 

SPFS, SWIFTning o‘ziga xos muqobili bo‘lib - moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha ma’lumot uzatishning qo‘shimcha kanalidir. Kredit va moliya tashkilotlarining unga ulanishi ularning texnik tayyorgarligidan va shartnoma imzolashidan so‘ng amalga oshiriladi. Moliyaviy xabarlar almashish xalqaro amaliyot asosida tashkil qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0