23:46 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
211 0 0

Avtobenzining sotuvchisi sifatida "Nara-Komfort Servis" MCHJ ishtirok etmoqda. Boshlangʻich narxi 100 kilogrammi uchun 600 ming soʻmni tashkil etadi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan import qilingan ECO-93 benzini qoʻyila boshlandi.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy.
© Sputnik / Yevgeniy Odinokov

“Avtobenzining sotuvchisi sifatida "Nara-Komfort Servis" MCHJ ishtirok etmoqda. Tovarni yetkazib berish shartlari – EXW sotuvchi omboridan olib ketish. Yangi birja tovarining boshlangʻich narxi mahsulotning 100 kilogrammi uchun 600 ming soʻmni tashkil etadi”, - deyilgan milliy birja xabarida.

Bir tonna benzin oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil etadi.

Birja savdolarida ishtirok etish uchun OʻzRTXB” AJ da onlayn akkreditatsiyadan oʻtish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.

YESO-93 avtobenzini Turkmanistonda 2019 yildan buyon ishlab chiqariladi. YESO-93 avtobenzinidan foydalanilganda zararli chiqindilar miqdori – oltingugurt oksidi 50 barobar, azot oksidi – 5 barobar, uglerod oksidi – 2 barobar, uglevodorod 20 foizgacha kamayadi.

Asosiy mavzular