13:15 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
864 0 0

Dastlabki bosqichda yirik uzelli jamlash texnologiyasi asosida yiliga 3000 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Keyinchalik hajm oshiriladi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Rossiyaning "GAZ guruhi" 2021yilda Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Rossiya sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Aleksey Gruzdev bugun Toshkentda Rossiyaning REB.RF korporatsiyasi bilan boʻlib oʻtgan biznes-missiyasi doirasida xabar qildi. 

"GAZ Guruhi" Oʻzbekistonda yengil tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi. Biz ushbu loyiha kelgusi yildan ishga tushadi deb umid qilamiz", - dedi Gruzdev biznes-missiya doirasida boʻlib oʻtgan davra suhbatida.

Gruzdev aytishiga, ayni damda korxonada yirik uzelli ishlab chiqarish jarayonini yoʻlga qoʻyish ishlari ketmoqda. Birinchi bosqichda yiliga 3000ta avtomobil ishlab chiqariladi, keyinchalik korxona quvvati oshiriladi.

Oʻzbekistonning "KRANTAS" MCHJ Rossiya korxonasining hamkori sifatida loyihada ishtirok etadi. 

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Folksvagen hamda Kia Motors kompaniyalarining Rossiyadagi ofislari Oʻzbekistonda VW Caddy hamda Kia k5 va boshqa avtomobillarni ishlab chiqarishni yoʻlgan qoʻyishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.  

Asosiy mavzular