22:00 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
275 0 0

Deputatlar shakar, goʻsht, oʻsimlik yogʻi va kartoshka kabi mahsulotlarning narxlari tushirish maqsadida ularni QQSdan vaqtincha ozid qilishni taklif qilishdi.

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari aholi tomonidan eng koʻp isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan qoʻshilgan qiymat soligʻini vaqtincha olib tashlash tashabbusi bilan chiqishdi 

Taklif qilinayotgan Soliq kodeksi loyihasida 2021 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasiga shakar, shu jumladan shakar xom ashyosini, 2021 yil 1 iyulga qadar boʻlgan davrda esa kartoshka, oʻsimlik yogʻi, goʻsht, chorva mollarini tirik holda va ularni soʻyishdan olingan mahsulotlarni olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish aylanmalari - qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtinchalik ozod qilish koʻzda tutilgan.

Ushbu chora pandemiya oqibatida sodir boʻlgan iqtisodiy qiynchiliklar va oziq-ovqat narxlari oshishini oldini olishi kerak.

Deputatlar takliflari Parlamentning Qonunchilik palatasi majlisida 14 oktyabr kuni qizgʻin muhokama qilindi.

Deputatlarining taʼkidlashicha, mazkur qonunning qabul qilinishi kuz-qish mavsumida kartoshka mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, mol, qoʻy va parranda goʻshti taqchilligining oldini olishga, oʻz navbatida ushbu davrda mahsulotlar narxining barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

maʼlumot uchun, Oʻzbekiston bozorida oktyabr oyidan shakar, goʻsht, oʻsimlik yogʻi va kartoshka kabi qator mahsulotlarning narxlari koʻtarilishi kuzatilmoqda. Bu holat avvalo ushbu mahsulotlarni Oʻzbekistonga eksport qilayotgan davlatlarda narxlar koʻtarilayotgani bilan izohlanmoqda.

 

Asosiy mavzular