06:23 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
320 0 0

OAV erkinligi biz uchun hatto u kompaniyamizga qarshi turganda ham mutlaq qadriyat sanaladi - UzAuto Motors” AJ.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. “UzAuto Motors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (MQKQ)tomonidan ommaviy axborot vositalaria bosim oʻtkazishga urinmoqda, deb xabar qildi rasmiy bayonotida.

"Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi matbuot xizmatining qatʼiy talabidan keyin ayrim OAV xolis maʼlumotlart aks etgan maqolalarni oʻz saytlaridan oʻchirib tashlagan, boshqalari eʼlon qilingan matnlardan MQKQni qoniqtirmaydigan qismlarini olib tashlab, oʻzgartirishlar kiritgan", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi uchun OAV erkinligi - mutlaq qadriyat ekanini alohida taʼkidlab oʻtishgan.     

"OAV erkinligi biz uchun hatto u kompaniyamizga qarshi turganda ham mutlaq qadriyat sanaladi, zero bu, kamida, voqelik bilan aloqani yoʻqotib qoʻymaslik va yaxshi tomonga oʻzgarishning yagona yoʻlidir. Biz opponentlarimizga ham bu yondashuvimizdan foydalanishni chin dildan tavsiya qilamiz”, - deydi “UzAuto Motors” AJ yuridik boshqarmasi direktori Rustam Shaymardonov. 

Eslatib oʻtamiz, Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan yil boshida avtomobillar narxi oshirishi asossiz deb baholangan va kompaniyaga narxlarni tushirishga koʻrsatma bergan edi. UzAuto Motors bunga javoban MQKQ talablari asossiz ekanini qayd etishgan ishni sud tartibida koʻrib chiqish uchun taaluqli organlarga murojaat qilgan edi. 

Asosiy mavzular