06:09 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
209 0 0

Global iqtisodning yangi davri: neft va gaz sohasining rivojlanishi, "yashil" energetika va anʼanaviy uglevodorod energetika.

TOSHKENT, 22 okt - Sputnik. Rosneft rahbari Igor Sechin Italiyaning Verona shahrida boʻlib oʻtayotgan Yevroosiyo iqtisodiy forumida soʻzga chiqib dunyodagi iqtisodiy vaziyat va uglevodorodlar kelajagi haqida gapirdi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Sechin nutqining qisqacha tezislari quyidagilar: 

  • dunyo iqtisodiyotidagi bugungi ogʻir vaziyatga qaramasdan neft va gaz bozori 2021 yildan boshlab qayta tiklanishni boshlashi mumkin;
  • Uzoq muddatli kelajakda energiya narxlari iqtisod oʻsish hajmi va SO2 gazlari miqdori tafovuti hamda texnologiyalar rivojlanish darajasiga bogʻliq boʻladi; 
  • Iqtisod tiklanishiga xalal berayotgan AQSH va YEI sanktsiyalari bundan buyon hech qanday asossiz kiritilishi mumkin - "Shimoliy oqim-2" bunga yaqqol misol boʻla oladi; 
  • Qayta tiklanadigan energiya manbaalariga tezkor oʻtish, neft va gaz sohalarida investitsiyalar yetishmovchiligi hamda butun dunyoda energiya tashuvchilar narxi oshishiga olib keladi;
  • Qayta tiklanadigan energiya manbaalari tez oʻsib orayotgan talabni qondira olmaydi va hozircha ularning narxi qimmat;
  • Pandemiya energiya sarflashning yangi standartlarini oʻrnatdi, lekin bundan qatʼiy nazar kelajakda yanada koʻproq energiya kerak boʻladi, talab ortib boradi;
  • Pandemiya tufayli Xitoyga bosim oʻtkazmasdan, uning tajribasini oʻrganish kerak. Bu pandemiya ikkinchi toʻlqinini oldini olishga yordam bergan boʻlardi;
  • Pandemiya dunyo iqtisodining bugungi modeli mustahkam emasligini koʻrsatdi. Bundan buyon ichki bozor hajmi oʻsib boradi.  

Italiyaning Verona shahrida boʻlib oʻtayotgan XIII Yevroosiyo iqtisodiy forumi Roskongress tomonidan tashkil qilingan boʻlib, u neft sohasining kelajagi, pandemiyadan soʻng iqtisodiyot tiklanishi va boshqa masalalarga bagʻishlangan.   

Asosiy mavzular