22:46 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
85 0 0

Shu bilan birga, 2025 yilga borib Xitoyga amalga oshiriladigan yillik eksport hajmi kamida 3 mlrd dollarni, Janubiy Koreyaga esa kamida 800 mln dollarni tashkil etishi kerak.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Xitoydan olib kirilayotgan yillik investitsiyalar hajmini 5 mlrd dollarga, Janubiy Koreyadan esa 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Vazirlikda Xitoy va Janubiy Koreya bilan koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash borasidagi vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Taʼkidlanishicha, davlati rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yaqin idoralararo kooperatsiyani tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhini tuzish toʻgʻrisida topshiriq berildi. Mazkur ishchi guruhning vazifasi xitoylik va koreyalik hamkorlar bilan loyiha va tashabbuslarni implementatsiya qilishni jadallashtirish boʻyicha amaliy ishlarni olib borish boʻladi.

“2025 yilga borib, Xitoydan olib kirilayotgan yillik investitsiyalar hajmini 5 mlrd dollarga, Koreya Respublikasidan esa 1 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga, 2025 yilga borib Xitoyga amalga oshiriladigan yillik eksport hajmi kamida 3 mlrd dollarni, Janubiy Koreyaga esa kamida 800 mln dollarni tashkil etishi kerak.

Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlarga barcha qoʻshma loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirishga qaratilgan yangilangan “Yoʻl xaritalarini” tayyorlash, shuningdek, kelgusi yil uchun yangi istiqbolli dasturlar ishlab chiqish boʻyicha qoʻshimcha manzilli topshiriqlar berildi.

Xitoy raisining Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoy  hamda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosini tanqidiy koʻrib chiqish, yangi oʻsish nuqtalarini belgilashga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazgan edi.

Asosiy mavzular