Gaz ta’minotidagi islohotlar soha samaradorligini oshiradi - vazir o‘rinbosari

© Press-slujba Sektor energetiki Uzbekistana podvergnetsya masshtabnim reformam
Sektor energetiki Uzbekistana podvergnetsya masshtabnim reformam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gaz ta’minoti sohasida chuqur islohotlar bo‘ladi: avtomatik hisobga olish tizimidan boshlab sohaga investorlarni jalb qilishga qadar.

TOShKENT, 27 okt - Sputnik. O‘zbekiston gaz ta’minoti sohasidagi islohotlar sohada raqobat rivojlanishi, davlat subsidiyalari kamayishi va umumiy samaradorlik oshishiga olib keladi, dedi Sputnik muxbiriga O‘zbekiston Energetika vaziri o‘rinbosari Narmatov Behzod Raxmatullayevich. 

Vazir o‘rinbosri aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston gaz ta’minoti tizimida muammolar bor. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:

  • Moliyaviy tizimning barqaror emasligi  
  • Gaz yetkazib berishda bozor mexanizmlarining yo‘qligi
  • Yetkazib berishda yo‘qotishlar miqdori yuqori
  • Korporativ boshqaruv darajasi talabga javob bermaydi

Narmatov aytishiga ko‘ra ushbu muammolar orasida eng muhimlaridan biri bu – gaz taminoti sohasidagi yo‘qotishlardir.

"Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasida yo‘qotilayotgan gaz miqdori o‘rtacha 5%ni tashkil qilmoqda. Bu degani  yiliga 3 mlrd. kub/m gaz yoki 10 trln so‘m", - deydi vazi o‘rinbosari.  

Vazir o‘rinbosari ushbu muammoni hal qilish borasida O‘zbekistonda ilg‘or hisob-kitob tizimlari joriy etilishi rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi.

"Biz avtomatlashgan hisobga olish tizimi (ASGU) tizimini joriy etamiz. Gaz yetkazib berish tizimining har bir bo‘g‘inda telemetriya o‘rnatiladi va bir joyda yo‘qotish bo‘lsa bu - darhol aniqlanadi. Keyinchalik mutaxassislar u yerda gaz oqib chiqib ketayotganini yoki ruxsatsiz foydalanilayotganini aniqlashadi", - dedi Narmatov.

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Elektr va gaz uchun noqonuniy undirilgan 3 mlrd so‘m qaytarildi

Sohada raqobatni ta’minlash va samaradorlikni oshirish maqsadida bir qator yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ushbu qonunlar gaz ta’minotining har bir bo‘g‘inini shaffof qilishga yordam beradi, gaz qazib oluvchidan boshlab tashuvchi, yetkazib beruvchi va iste’molchining ham javobgarlik darajasini belgilaydi.

Shuningdek, xorijiy investorlrni jalb qilish, xususiylashtirish va raqobatni oshirish ham rejalashtirilgan. 

Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, bugungi kunda gaz ta’minoti sohasida juda ko‘p davlat subsidiyasi ajratilmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda gaz ta’minoti sohasi uchun yiliga – 4,5 mln dollarga yaqin subsidiyalar ajratilmoqda.

"Bizningcha bu juda ko‘p, kelajakda ana shunday subsidiyalar miqdori kamayishi kerak. Subsidiyalar faqat kam ta’minlangan iste’molchilarga ajratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi", - dedi vazir o‘rinbosari.  

Xususiylashtirish borasida 

Gaz ta’minotining ayrim bo‘limlari xususiylashtirilishi - bu kelajakda raqobat paydo bo‘lishiga, aholi uchun qo‘shimcha qulaylik va tanlov imkoni yaratilishiga olib keladi, lekin har bir bo‘g‘innig ijtimoiy javobgarligi taaluqli qonunlar asosida saqlab qolinadi.

Kompressornaya ustanovka Krexovskogo mestorojdeniya prirodnogo gaza v Jidachevskom rayone Lvovskoy oblasti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona vodiysi aholisiga gaz va elektr ta’minoti hajmi oshiriladi - Energetika vazirligi

Xususiylashtirish o‘z navbatida - raqobat paydo bo‘lishiga, iste’molchida tanlov imkoniyati paydo bo‘lishiga olib keladi. Xizmat ko‘rsatish sifati oshadi.  

Investor tanlash borasida - mahalliy va xorijiy investorlar uchun bir xil imkon beriladi. Kim yaxshi taklif bersa - o‘sha sarmoyador tanlab olinadi. 

Shu bilan birga strategik muhim obyektlar - baribir davlat ixtiyorida qoladi. Masalan magistral yetkazib berish qismlari.

Qayd etilgan islohotlar natijasida kelajakda quyidagi maqsadlarga erishish kutilmoqda:

  • Erkin bozor raqobati 
  • Xarajatlarga mos narxlar 
  • Davlat tashkilotlari samarali ishlashi 

Vazir o‘rinbosari shuningdek, O‘zbekiston kelajakda faqat gaz eksportiga bog‘liq bo‘lib qolmasligini va gazni faqat xom ashyo sifatida sotish o‘rniga uni chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganinni ham aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0