Yirik loyiha korxonalari va bozorlar boshqaruvida davlat ishtiroki qayta ko‘rib chiqiladi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvida bo‘lgan yirik loyiha korxonalari hamda bozorlar faoliyatida davlat ishtirokini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Prezident huzurida 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan davlat mulkini xususiylashtirish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yirik qurilish korxonalari va bozorlar boshqaruvida davlat ishtiroki masalasi ham muhokama qilindi. 

Xususan, davlat loyiha institutlarini transformatsiya qilish masalasida quyidagi takliflar bildirildi. O‘zbekistndu bugungi kunda yirik qurilish korxonalari ko‘payib borayotganini hisobga olgan holda, ularni davlat loyiha institutlari bilan kooperatsiya qilish orqali bog‘lab, loyihalar sifatini oshirish, boshqaruvni yaxshilash taklif qilindi. 

Namuna sifatida “Qishloq qurilish loyiha”, “Og‘ir sanoat loyiha”, “Georangmet LITI”, “Shaharsozlik LITI”, “Tosh uy-joy LITI”, “Toshkent boshplan LITI” loyiha institutlarida ushbu yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Loyiha institutlaridagi davlat ulushi keyinchalik hamkor qurilish tashkilotlariga sotiladi.

Ikkinchidan, boshqaruvida davlat ulushi bo‘lgan bozorlar samaradorligini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Xususan, 500 dan ziyod bozor va savdo majmualaridagi davlat ishtirokini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Chunki hozirgi kunda ularning 23 tasi zarar bilan ishlayapti, 210 tasi esa past rentabelli.

Bunday sharoitda bozorlarni ham savdo, ham dam olish, ham ko‘ngilochar markazlarga aylantirish yaxshi iqtisodiy samara beradi. Shu maqsadda loyihalar ishlab chiqilib, investorlar o‘rtasida tanlov e’lon qilinishi aytildi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Qator davlat ko‘chmas mulk obyektlari xususiy sektorga sotiladi - prezident farmoni

Tanlov g‘olibiga eng yaxshi shartlarda bank krediti ajratiladi. Shuningdek, tadbirkor bozor daromadini oshirib, soliq tushumlari va ish o‘rinlarini muntazam ko‘paytirib borsa, unga bozorning davlat ulushini bo‘lib-bo‘lib xarid qilish imkoniyati beriladi. Viloyat hokimlariga bozor va savdo majmualari faoliyatini shu tarzda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Undan tashqari, prezident farmonida yana 32 ta yirik davlat korxonasi va xo‘jalik birlashmasi transformatsiya qilinishi belgilangan. Xususan, “O‘zkimosanoat”, “O‘zavtosanoat”, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zsuvta’minot” tashkilotlari butun tizimi bilan transformatsiya qilinadi.

Ushbu maqsadda Moliya vazirligida alohida departament tashkil etildi. Mutasaddilarga qolgan tarmoqlarni ham chuqur tahlil qilib, transformatsiya bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

 

Yangiliklar lentasi
0