Statistika qo‘mitasi: oktabrda inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etdi

© Sputnik / /StringerTorgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente
Torgovie radi na Alayskom rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oktabr oyida go‘sht, parranda go‘shti va baliq narxi sentabrga nisbatan 0,7 foizga ko‘tarilgan. Tuxum 17,7 foiz, shakar 8,6 foiz, meva-sabzavotlar 3,2 foiz qimmatlashgan.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. 2020-yilning oktabrida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasi 1,4 foizga o‘sdi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.

Yanvar-oktabr oylarida iste’mol bozoridagi narxlar 7,8 foizga oshgan.

“Oktabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 2,3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,8 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatlashdi. Umumiy hisobda, 2020-yilning yanvar–oktabr oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi 10,0 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlar 6,9 foiz, xizmatlar 5,2 foizga oshdi”, – deyiladi hisobotda.

Oktabr oyida go‘sht, parranda go‘shti va baliq narxi sentabrga nisbatan 0,7 foizga ko‘tarilgan. Tuxum 17,7 foiz, shakar 8,6 foiz, meva-sabzavotlar 3,2 foiz qimmatlashgan.

Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston iste’mol bozorida inflyatsiya 4,8%ni tashkil qildi

Shakar va go‘sht narxi yil boshidan beri baravar 15,0 foizga oshgan. Xususan, suyaksiz mol go‘shti bahosi 10 oy ichida 18,2 foizga ko‘tarilgan.

Yanvar–oktabr oylarida paxta yog‘i 24,2 foizga (oktabrda – 13,6 foiz), kungaboqar yog‘i 23,9 foiz (oktabrda – 11,2 foiz) , sariyog‘ 11,1 foiz (oktabrda – 1,6 foiz), margarin 9,7 foiz (oktabrda – 1,0 foiz)ga qimmatlashgan.

Oktabrda aholi uchun pullik xizmatlar tariflari oy davomida 0,7 foizga qimmatlashgan. Tariflarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlar yo‘lovchi tashish transporti xizmatlariga tegishli bo‘lib, narxlar oy davomida 1,8 foizga, jumladan, havo transporti 5,2 foiz, avtomobil 1,4 foiz, temiryo‘l tarnsporti tariflari 0,2 foizga ko‘tarilgan.

Umumiy hisobda, yanvar-oktabr oylarida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xizmatlari (15,2 foiz), dam olish (10,0 foiz), yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari (9,9 foiz) shuningdek, maishiy xizmatlar (9,7 foiz) narxlariga tegishli bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0