14:25 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
291 0 0

Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik.  Oʻzbekiston Markaziy banki oʻlchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.

 

Obraztsы mernыx slitkov iz zolota i ix spetsialnыx zaщitnыx upakovok
Obraztsы mernыx slitkov iz zolota i ix spetsialnыx zaщitnыx upakovok

 

Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga toʻlovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

Jismoniy shaxslarga oʻlchovli yombilar va qimmatbaho tangalarni olib chiqishga ruxsat berildi

Qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekspertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.

Oltin quymalarining narxlari:

 

  • 5 gramm — 3 436 000 soʻm;
  • 10 gramm — 6 623 000 soʻm;
  • 20 gramm — 13 121 000 soʻm;
  • 50 gramm — 32 177 000 soʻm;
  • Oltin esdalik tangasi (31,1 gramm) — 20 014 000 soʻm.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda oltinning erkin muomalasi yoʻlga qoʻyilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular