00:44 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Iqtisod
Havola olish
189 0 0

Zavod Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni toʻliq quvvat bilan boshladi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Avvalroq faoliyati toʻxtatilgan “Xorazm shakar” zavodi 8 noyabr kuni oʻz ish faoliyatini tiklab, ishlab chiqarishni boshladi.

OʻzA xabariga koʻra, “Angren shakar” va “Xorazm shakar” MCHJlar ishlab chiqarishni toʻxtatgani va xodimlar ommaviy ishsiz qolayotgani haqidagi xabardan soʻng hukumat muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrishni boshlagan.

“Natijada esa “Xorazm shakar” MCHJ 8 noyabr kuni Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom-ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni toʻliq quvvat bilan boshlab yubordi”, - deyilgan xabarda.

Xolod: Oʻzbekiston uchun shakar - bu ikkinchi guruch, ishlab chiqarishni optimallashtirish muhim

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Angren shakar” va “Xorazm shakar” zavodlari yil oxiriga qadar deyarli barcha ishchilarni ishdan boʻshatishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular