06:59 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
24920

Namangan markazida 6 gektar maydonda kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona va ekoparkdan iborat Xalqaro biznes markazi quriladi.

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Oʻzbekistonlik tadbirkor, UMS Holding asoschisi Alisher Usmonov tomonidan Namanganda Xalqaro biznes markazi qurilishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Namangan viloyat hokimiyati matbuot xizmati viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqovga asosan.

Xalqaro biznes markazi qurilishi Kelgusi yilning bahor oylarida boshlanadi. 6 gektarni egallagan markaz Namangan shahrining Amir Temur koʻchasidagi sobiq “Kichkintoylar bogʻi”da boʻldi. Markazda Kongress-xoll, biznes maktabi, mehmonxona, ekopark, sport-sogʻlomlashtirish inshootlarini oʻz ichiga oladi. Sunʼiy koʻllar, favvoralar, avtoturargohlar barpo etiladi, - deyilgan xabarda. 

"Xalqaro biznes markazi qurilishi bahor oylaridan boshlanadi. Bu yerda kelgusida xalqaro simpoziumlar, biznes-forumlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Shu orqali Namanganga investitsiyalar kirib kelishi jadallashadi, biznes-turizm uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur markaz Namanganning oʻziga xos brendiga aylanadi", — dedi viloyat hokimi.

Shu bilan birga Shavkatjon Abdurazzaqov qurilish olib borilishi rejalashtirilgan hududda obodonlashtirishga eʼtibor qaratish, kotlovan atrofida xavfsizlik masalalarini koʻzdan qochirmaslik zarurligini taʼkidladi.

 

 

Asosiy mavzular