TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda noyabr oyida isteʼmol mahsulotlari narxlari indeksi 1,5 %ga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi.
Maʼlum boʻlishicha, isteʼmol narxlari oʻsishiga asosiy taʼsir oziq-ovqat mahsulotlari tomonidan boʻlgan (66,7%), Nooziq ovqat mahsulotlari taʼsiri 20% va xizmatlar taʼsiri 13% boʻlgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari orasida yil boshidan buyon eng narxi oshgan mahsulot tuxum +33 %, oʻsimlik moyi +24,2%, goʻsht +16,7%, non +14,2 %, sut mahsulotlari +9,7 %ga oshgani qayd etilgan.
Xabarda aytilishiga koʻra 2020 yilning yanvar –noyabr oylarida umumyi inflyatsiya miqdori 9,5 %ni tashikl qilgan. Oʻtgan yilning noyabriga nisbatan narxlar 11,3 %ga oʻsishi qayd etilgan.