08:48 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
155 0 0

Noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻsishi yillik hisobda 16,3 %ni tashkil etdi. Bunda 2019 yil noyabr oyiga nisbatan goʻsht mahsulotlari 17,7 foizga, meva va sabzavotlar 18,5 foizga, non mahsulotlari 16 foizga qimmatlashdi.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Markaziy bank bayonotiga koʻra, Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻsishi yillik hisobda 16,3%ni tashkil etgan.

Bank maʼlumotlariga koʻra, yoz mavsumida narxlar oʻsishining sezilarli sekinlashishidan soʻng sentyabr oyining oxiridan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻsishining maʼlum darajada tezlashishi kuzatilgan.

Bunda asosan meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy oʻzgarishi hamda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taklifidagi uzilishlar va sust raqobat sharoitlari ushbu tovarlar narxlarining oʻsishiga olib kelganligi aytilmoqda.

Xususan, noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻsishi yillik hisobda 16,3 foizni tashkil etgan. Bunda 2019 yil noyabr oyiga nisbatan goʻsht mahsulotlari 17,7 foizga, meva va sabzavotlar 18,5 foizga, non mahsulotlari 16 foizga qimmatlashgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlarining oʻsish surʼatlari esa umumiy inflyatsiyadan sezilarli darajada past boʻlib, mos ravishda 8,3 foiz va 6,5 foizni tashkil etgan. Natijada yillik bazaviy inflyatsiya darajasi sekinlashishda davom etib, 11,5 foizgacha pasaygan.

 

Asosiy mavzular