18:06 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
233 0 0

Uyida non pishirib sotuvchilar, sartaroshlar, repetitorlar, santexnik va elektr montajchilar ham oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib soliq toʻlashni boshlaydi.

TOSHKENT, 23 dek - Sputnik. Kecha AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida, Davlat soliq qoʻmitasi mutasaddilari Oʻzbekistonda necha kishi oʻzini oʻzi band qilgan soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgani va ular qachondan soliq toʻlashni boshlashi haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Xususan, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar eng koʻp quyidagi sohalarda roʻyxatdan oʻtgan:

  • Maishiy xizmatlar sohasida roʻyxatga olingan. Sartaroshlik, manikyur, kalit tayyorlash va poyabzal taʼmiri sohasida – 159 954 nafar kishi roʻyxatdan oʻtgan.
  • Qishloq xoʻjaligi sohasida (chorva mollarini parvarish qilish, ekin ekishda yordam berish) sohasida 120 527 kishi roʻyxatga olingan.
  • Ijtimoiy xizmatlar sohasida, yaʼni repetitorlik qilish, bola parvarishi va xonadonlarni tozalash sohalarida – 102 341 kishi roʻyxatdan oʻtgan.
  • Sanoat sohasida (yogʻoch meʼmorchiligi, santexnika, elektr montaj ishlari, makulatura, plastik va temir-tersak toʻplash) 91 829 kishi qayd etilgan.
  • Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasida (non, uyda pop-korn, muzqaymoq, ayron tayyorlash, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish) - 63 469 nafar shaxs mustaqil faoliyat olib bormoqda.
  • AKT sohasida (ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, dasturiy taʼminot, mobil ilovalar va veb saytlarnii ishlab chiqish) - 10 134 nafar jismoniy shaxs roʻyxatdan oʻtgan.

Eslatib oʻatamiz, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar – oʻz shaxsiy mehnati bilan mustaqil xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradigan mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Soliq qonunlarida belgilanishiga koʻra, 2020 yilda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar BHMning 50% miqdorida (111 500 soʻm)soliq toʻlaydi va ushbu toʻliqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda pensiya hisoblanadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab esa, oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik oboroti (tushumi) yuz million soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlik subʼyektlari onlayn-nazorat kassa texnikalaridan foydalanishga oʻtishi lozim.

Asosiy mavzular