11:18 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Iqtisod
Havola olish
52010

Oʻzbekiston prezidentining 30 dekabrdagi qarori bilan 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq: 2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirilishi koʻzda tutilgan.

14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa, kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari ham xuddi shunchaga oshiriladi.

2021 yil 1 fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida: mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 soʻm; 

bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 soʻm belgilanmoqda.

 

 

Teglar:
Oʻzbekiston, stipendiya, oylik

Asosiy mavzular