18:15 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
18520

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi amaldagi toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarishsiz saqlab qolinishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda talabalarning toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarmaydi. Bu haqda AOKAda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida oʻtayotgan brifingda maʼlum qilindi.

2021 yil 1 fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy oʻquv yilidagi amaldagi toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻzgarishsiz saqlab qolinadi.

Asosiy mavzular