08:46 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
11510

Oʻzbekistonda mobil qurilmalar rasmiy importi miqdori 2020 yilning yanvar - oktyabr oylarida 10 baravar oshgan.

TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda "Apple" kompaniyasining rasmiy ofislari ochiladi, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda. 

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonda shu kunga qadar dunyoda eng yirik mobil qurilmaar ishlab chiqaruvchilardan biri boʻlgan "Samsung" kompaniyasining 4 ta rasmiy ofisi ochilgan. 

Shuningdek, brifingda xabar qilinishicha, 2020 yilning dastlabki 10 oyida Respublikada mobil telefonlarning rasmiy importi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10 baravarga oshib 781,7 ming donani tashkil qilgan.

Asosiy mavzular