16:47 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
124 0 0

Brendlar elektron maydonchasida respublikada qayd etilgan brendlar roʻyxatidan tashqari intellektual mulk va tovar belgilarini himoya qilishga doir huquqiy hujjatlar ham joylashtirilgan. 

TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi oʻz rasmiy veb-saytida mahalliy tovar va xizmat brendlarining elektron maydonchasini ishga tushirdi.

Brendlar elektron maydonchasida Respublikada roʻyxatga olingan barcha savo belgilari roʻyxati, ularga egalik qilayotgan tadbirkorlik subʼyektlari nomi va manzili bilan tanishish mumkin. 

Undan tashqari, yangi savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun kerak boʻladigan hujjatlar roʻyxati va riza namunalari, shuningdek intellektual mulk va tovar belgilarini himoya qilishga doir huquqiy-normativ hujjatlar ham joylashtirilgan. 

Shu bilan birga Savdo sanoat palatasi intellektual mulk sohasiga oid tadbirkorlarda yuzaga keladigan koʻp soʻraladigan savollarga javoblarni ham keltirgan. 

Asosiy mavzular