17:33 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
74301

Oʻrta uzoq muddatlarda omonat saqlash va investitsiya uchun yevro, yuan va yena yaxshi istiqbolga ega. Shuningdek BRIKS davlatlari valyutalari qiziqarli boʻlishi mumkin - ekspert.

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. 2021 yilda omonlatlarni saqlash uchn eng yaxshi xorijiy valyuta - yevro boʻladi db hisoblaydi "BKS Mir investitsiy" kompaniyasi tahlilchisi Mixail Zeltser.

"Yevropa iqtisodiyoti oʻsish tezligi Amerika iqtisodiga qaragandan tez boʻladi. Ikkinchidan Amerika fiskal dasturlari oqibatida dollar devalvatsiyaga uchraydi. Shu sababli ham yevro 2021 yilning birinchi yarmidayoq dollarga nisbatan 1,3 baravar oʻsishi mumkin. Agar siz omonatingizni xorijiy valyutada saqlamoqchi boʻlsangiz - Yevro yaxshi valyuta boʻlishi mumkin", - dedi Zeltser RIA Novostiga.

Ekspert fikriga koʻra, oʻrta uzoqlikdagi muddatlarda rezerv valyuta sifatida yevrodan tashqari yuan va iyena ham istiqbolli valyuta boʻlishi mumkin. 

Undan tashqari, ushbu davrla BRIKS davlatlari valyutalari ham oʻsishi mumkin. Ayniqsa rand va rupiya. Lekin Rossiya aholisi uchun ushbu valyutalar ekzotik boʻlgani hamda ularning qisqa muddatli volatilligi va cheklangan likvidligi tufayli ushbu valyutalarga investitsiya kiritish yuqori xavfga ega boʻlishi mumkin.

Rubl esa 2021 yilda dollarga nisbatan 70 rublgacha va Yevroga nisbatan 85 rublgacha oʻsish imkoniyatiga ega, lekin buning uchun neft narxi stabil darajada 50 dollardan yuqori boʻlishi kerak. Ikkinchidan AQSH va Yevropa tomonidan sanktsiyalar bosimi ham kamaytirilishi kerak. 

Asosiy mavzular