07:14 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
292 0 0

Jahon banki xulosasiga koʻra 2020 yilda Oʻzbekiston iqtisodi 0,6% ga oʻsgan, 2021 yilda ushbu oʻsish 4,3 %, 2022 yilda esa - 4,5 % boʻlishi kutilmoqda. 

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Jahon banki ekspertlari 2021 yilda Oʻzbekiston iqtisodi 4,3% ga oʻsishini prongnoz qildi. Biro oldin okttyabr oyida JB Oʻzbekiston YAIMi 4,8% ga oʻsishi kutilayotganini maʼlum qilgan edi. 

Xalqaro moliya tashkiloti ekspertlari xulosasiga koʻra 2022 yilda Oʻzbekiston iqtisodi oʻsish surʼati yanada tezlashib 4,5 %ni tashkil qiladi. 

Maʼlumot uchun, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi oqibatida dunyoning aksariyat davlatlari YAIMi -2  - 6 foizga kamayishi kuzatildi. MDH hududida ham ushbu tendentsiya saqlanib qoldi. Oʻzbekiston va Tojikiston MDH hududida iqtisod oʻsish surʼati musbat darajada saqlanib qolgan davlatlar boʻldi. 2020 yilda Oʻzbekiston YAIMi oʻsishi miqdor 0,6 %ni tashkil qildi. 

Asosiy mavzular