Bankomatlardan naqd pul yechish 2-yilda 4 baravar oshdi - Markaziy bank

© Foto : GlobUzV Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti
V Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Obuna bo‘lish
Bank kartalaridan naqdlashtirilgan jami pullar ulushi 2020-yilga nisbatan 25 foizdan 35 foizgacha oshgan. 
TOShKENT, 11 fev - Sputnik. O‘zbekistonda bankomatlardan naqd pul yechish miqdori 4 baravar oshdi. Bu haqida Markaziy bank e’lon qilgan hisobotda aytib o‘tilgan. 
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonda bankomatlar orqali 1 trln. so‘m yechilgan bo‘lsa 2021-yilda 4,2 trln. so‘m naqd pul yechilgan.
© SBBankomatlardan qancha naqd pul yechib olindi
Bankomatlardan qancha naqd pul yechib olindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Shu bilan birga fuqarolar bank kartalariga kelib tushayotgan pullar miqdori ham oshishi qayd etilgan. Xususan 2019-yilda bank kartalariga jami 6,4 trl. so‘m mablag‘ kelib tushgan bo‘lsa, 2021-yilning yanvar oyida ushbu ko‘rsatgich 15,9 trl so‘mni tashkil qilgan. 
2021 yil yanvar oyida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 32,1 trln. so‘mni tashkil etgani holda 2020-yil yanvar oyiga nisbatan 7 foizga oshdi. Bank kartalaridan naqdlashtirilgan jami pullar ulushi 2020-yilga nisbatan 25 foizdan 35 foizgacha oshgan.
© MBNaqd pullar nimaga sarflandi
Naqd pullar nimaga sarflandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Yangiliklar lentasi
0