TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Oʻzbekiston 2020 yilda 18 ta xorijiy davlatga qiymati umumiy qiymati 48,6 mln. AQSH dollariga teng 97,5 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu haqida Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumot bermoqda.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2 baravar (50,1 ming tonna) koʻp. Oʻzbekistondan eng koʻp miqdorda xurmo import qilgan davlatlar quyidagilar:
- Qozogʻiston – 56,8 ming tonna
- Rossiya – 32,1 ming tonna
- Qirgʻiz Res. – 3,1 ming tonna
- Turkmaniston – 2,8 ming tonna
- Ukraina –1,8 ming tonna
- Belarus Res. – 818,1 tonna
Maʼlumot uchun, 2020 yilda Oʻzbekistonning yetakchi tashqi savdo hamkorlari Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Afgʻoniston boʻlgan.