09:49 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Iqtisod
Havola olish
248 0 0

Soliq qoʻmitasi “bir kunlik” firmalar bilan aloqa qilgan tadbirkorlarni QQSni qayta toʻlashga majbur qilmoqda.

TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Soliq qoʻmitasi “naqdlashtirish” bilan shugʻullangan va qoʻshilgan qiymat soligʻini kamaytirib koʻrsatishga uringan korxonalarni QQSni qayta toʻlashga majbur qilmoqda. Tadbirkorlar bundan norozi boʻlib biznes-ombudsmanga murojaat qilishdi. Ayni damda  biznes-ombudsman Soliq qoʻmitasining ushbu harakatlarining qonuniyligini oʻrganib chiqmoqda.

Rabota nalogovogo komiteta

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Davlat soliq qoʻmitasi qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovlarini noqonuniy  ravishda kamaytirish maqsadida shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 396 ta tadbirkorlik subʼyektlari roʻyxatini eʼlon qilingan va ularning soliq hisobotlaridagi QQS summasini qayta tekshirib, oʻzgartirish kiritgan edi.

Soliq qoʻmitasi xabariga koʻra, ushbu korxonalar naqdlashtirish va QQSni qalbaki hisobga olish bilan shugʻullanuvchi “bir kunlik” firmalarning hisobiga, aslida sodir boʻlmagan xoʻjalik faoliyat uchun, mablagʻ oʻtkazgan. Shu sabab, Soliq kodeksining 266-moddasiga asosan, hisobga olingan QQS miqdoriga tuzatish kiritilgan yoki hisobga olish bekor qilingan.

Lekin, bunday yondashuv tadbirkorlarning norziligiga sabab boʻlgan va Soliq qoʻmitasiga 60ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning har biri alohida tekshirib chiqilgan va 16 fevral holatiga quyidagilar aniqlangan: 91 % holatda (52ta korxonada) – qalbaki operatsiyalar tasdiqlangan, 1 ta korxonada – qalbaki operatsiya tasdiqlanmagan va ortiqcha hisoblangan QQSni qaytarish jarayoni boshlangan. Yana 4ta tashkilotda – qalbaki operatsiyalar qisman tasdiqlangan.

Asosiy mavzular