22:07 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Hodisalar
Havola olish
151214

1 dekabr kuni Toshkent shahrida dahshatli yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi, hodisa natijasida haydovchi - TATU talabasi halok boʻldi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Toshkent markazida roʻy bergan dahshatli avariya oqibatida TATU talabasi hayotdan koʻz yumdi, deb xabar qilmoqda Novosti Uzbekistana nashri.

Nashrdagi maʼlumotlarga qaraganda, avtohalokat Amir Temur shoh koʻchasi, Toshkent teleminorasi qarshisida, soat 21:00 atrofida sodir boʻlgan.

Yoʻl-transport hodisasi piyodaning ehtiyotsizligi sabab kelib chiqqan. Yoʻl yuziga toʻsatdan chiqib qolgan beeʼtibor piyodani urib yubormaslik uchun Lacetti haydovchi avtomobil rulini boshqa tarafga burgan va yoʻl chetidagi daraxt bilan toʻqnashgan. Katta tezlikda kelayotgan avtomobil daraxtga kelib urilishi natijasida tanib boʻlmas holatga kelib qolgan.

Mashinani boshqarib kelayotgan 22 yoshli haydovchi esa voqea joyining oʻzida vafot etgan. U Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti talabasi ekani aytilmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, Lacettida haydovchidan tashqari boshqa yoʻlovchi ham boʻlgan. U ogʻir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Teglar:
Toshkent, avariya, halok boʻldi, talaba, TATU, YTH, avariya, hodisa, talabalar, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular